Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Shumanay va Qonliko‘l tumanlaridagi tadbirkorlar bilan uchrashdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida davlat dasturlariga kiritilgan loyihalar tashabbuskorlari bo‘lgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Unda dastlab hurmatli Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlikni rivojlantirish, hududning investitsion jozibadorligini oshirish borasida alohida qabul qilingan qaror va farmonlari asosida berilgan imtiyozlar, yaratilgan imkoniyatlar haqida keng ta’kidlab o‘tildi.
Bundan so‘ng yangi loyihalarni ishga tushirishda uchrayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, investitsiya loyihalarini ishga tushirish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning to‘liq quvvatda ishlashini ta’minlash bo‘yicha tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammo va takliflar tinglandi.
Unda Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Shumanay va Qonliko‘l tumanlaridagi tadbirkorlar, mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarni qiynab kelayotgan masalalar tinglandi va bildirilgan murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topish choralari ko‘rildi. Vaqt talab etiladigan murojaatlar nazoratga olinib, tez fursatda ijobiy hal qilish bo‘yicha tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berildi.


