Qoraqalpog‘istonda birinchi marta jigar ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi
51
Nukus shahridagi U.Xаlmuratov nomidagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida mahalliy va Toshkent shahridan kelgan shifokorlar tomonidan Qoraqalpog‘istonda birinchi marta jigar transplantatsiyasi amalga oshirildi.
12 yoshli Ayzada Berdibaeva bir necha yildan beri jigar fibrozi kasalligidan davolanib kelayotgan edi.
Bemorning otasi Esbanov Quwatbay o‘z qiziga jigaridan bir qismini beradigan bo‘ldi va jigar ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi tajribali shifokorlar tomonidan amalga oshirildi.
Hozirgi vaqtda Ayzada va uning otasi Quwatbayning holatlari yaxshi, shifokorlar nazoratida ikkisining ham salomatligi tiklanmoqda.
Ushbu operatsiyaning barcha xarajatlari, "Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi" tomonidan qoplab berildi.
