«Isbilermenler aymaǵı» mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Yaqinda Nukus shahridagi «Isbilermenler aymaǵı» mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari boshlab yuborilgan edi.
Bugun mahalla hududidagi maxsus shtabda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev rahbarligida qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarining bajarilishi masalalari ko‘rib chiqildi.
Unda Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov, vazirlik, idora, tashkilot rahbarlari, mutasaddilar ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, mazkur ishlar boshlanishidan oldin og‘ir sharoitdagi oilalarga yordam berish, avariya holatidagi uylarni ta’mirlab, zarurlarini yangidan qurish, shuningdek, ichki yo‘llarni ta’mirlash, gaz, suv, elektr tarmoqlarini yangilash, mahalla hududini obodonlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berilgan edi.
Shu asosda bugungi kunda amaliy chora-tadbirlar boshlab yuborilib, qurilish ishlari davom ettirilmoqda.



