Iftorlik marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, unda yaratilgan sharoitlar va ekspozitsiyalar bilan tanishdi. Shuningdek, davlatimiz rahbari ishtirokida markazning rasmiy ochilishi hamda iftorlik marosimi bo‘lib o‘tdi.
Barcha hududlarda yoyilgan iftorlik dasturxonlariga nuroniylar, mehnat faxriylari, ulamo va ziyolilar, turli din va konfessiyalar vakillari, keng jamoatchilik vakillari taklif etildi.
Videoaloqa orqali Qoraqalpog‘istonda ham iftorlik tadbiri o‘tkazilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev, Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi B.Razovlar ishtirok etdi.




