Qorao‘zak tumanida aholining turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev Qorao‘zak tumanida aholining turmush sharoitini yaxshilash, fuqarolarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dastlab "Berdaq" mahallasidagi «Qaraózekli Batırbay» fermer xo‘jaligida yomg‘irlatib sug‘orish uskunalarini o‘rnatish ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, "Qorao‘zak" mahallasidagi "Qalim Bekbolat" fermer xo‘jaligining hamda "Madaniyat" OFYda yashovchi Genjemurat Turdimuratovning issiqxonasi ham ko‘zdan kechirildi. Yerdan samarali foydalanish va ekin unumdorligini oshirish imkoniyatlari, qo‘shimcha daromad va ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari alohida e’tiborga olindi.
Bundan so‘ng, «Ata mákan» mahallasidagi O‘rmon xo‘jaligida grant mablag‘lari asosida amalga oshirilayotgan loyihalar, Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan pullik xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi 2026-yilda tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari taqdimotlari, "SIFAT INVEST KOMPANIYASI" MCHJ korxonasi tomonidan qamish va paxta poyasidan DSP ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi. Yangi loyihalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, "Qorao‘zak" PPJ mahallasidagi 2-sonli texnikumda grant mablag‘lari asosida amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi. Tashqi beg‘araz ko‘maklar va grant mablag‘larini jalb qilish orqali bunday loyihalarni ko‘paytirish kerakligi ta’kidlandi.
BPO markazi faoliyati ham ko‘rib chiqilib, markaz imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.






