Qorao‘zak tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari keng muhokama qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev raisligida Qorao‘zak tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan majlis o‘tkazildi.
Majlisda dastlab aholining qo‘shimcha daromad olishiga ko‘maklashish va farovonligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Bu borada, hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga bergan alohida imtiyozlari, farmon va qarorlar doirasida xalqqa yaratilgan imkoniyatlar haqida keng so‘z yuritildi. Shuningdek, ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, yoshlar bandligini ta’minlash borasida berilgan imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.
Bundan so‘ng tumanni har tomonlama rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar, aholining munosib turmush sharoitini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, obodonlashtirish ishlarini olib borish kabi belgilangan vazifalarning bajarilishi va boshqa masalalar tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Unda shuningdek, bu ishlarni amalga oshirishda ayrim mutasaddilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bilan birga, o‘z vazifasini bajarishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ayrim mas’ullarga intizomiy jazo chorasini qo‘llash, zarur bo‘lsa, lavozimiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.


