Jo‘qorg‘i Kenges Raisi futbolchi-yoshlar bilan uchrashdi

So‘nggi yillarda yurtimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga, aholini, ayniqsa, yoshlarni sportga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ana shunday e’tibor natijasida, bir qator sport turlari qatorida millionlar o‘yini bo‘lgan futbol bo‘yicha ham ko‘plab yuqori natijalarga erishilmoqda.
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev «Aral» futbol jamoasi va «Aral QQGaz» futzal jamoasi a’zolari bilan uchrashdi.
Unda Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov ishtirok etdi.
O‘tkazilgan tadbirda bugungi kunda sportchilarimizning erishayotgan yuqori natijalari, sportchi yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida keng turda so‘z yuritildi.
Shuningdek, O‘zbekiston birinchi ligasida munosib ishtirok etgan "Aral QQGaz" futzal jamoasi a’zolari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Bundan so‘ng, «Aral» futbol jamoasiga yangidan qabul qilingan futbolchilarga jamoaning maxsus formalari, jamoaga esa, maxsus avtomashina topshirildi.




.jpg)



