Chimboy tumanida 200 yangi ish o‘rni yaratish quvvatiga ega "HD Sons" korxonasi ish boshladi

So‘nggi yillarda yurtimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida hududlarni kompleks rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini kengaytirish va sanoat salohiyatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu asosda shahar va tumanlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari barpo etilib, yangi sanoat korxonalari ishga tushirilmoqda va aholi bandligini ta’minlash, turmush darajasini oshirish borasida salmoqli natijalarga erishilmoqda.
Shunday loyihalar qatorida Chimboy tumanida "HD Sons" tekstil korxonasining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev ishtirok etib, yig‘ilganlarni korxonaning ochilishi bilan tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, hurmatli Prezidentimizning respublikamizga qaratayotgan alohida e’tibori natijasida Chimboy tumanida ham investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va aholi bandligini ta’minlash borasida aniq amaliy chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.
Umumiy qiymati 15 mln. dollar bo‘lgan yangidan ochilgan "HD Sons" korxonasi to‘liq quvvatda ishga tushishi bilan 7 ming tonna xomashyoni qayta ishlash va 4 ming tonna ip-kalava mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, 6,5 million dollardan ziyod mahsulotni eksport qilish yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, 200 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilib, tuman aholisi, ayniqsa, yoshlar bandligi ta’minlanadi.
Tadbir davomida yig‘ilganlar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)