E’LON

Hurmatli fuqarolar va qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar!
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining topshirig‘iga muvofiq Kadastr va qurilish sohasidagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning sabablarini o‘rganish va sohada uchrayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish maqsadida «Call Center» tashkil etildi.
Hurmatli fuqarolar❕
Kadastr va qurilish sohasiga oid tizimli muammolar yoki xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha fikr va takliflaringizni qoldirish uchun joriy yilning 1-may sanasigacha Vazirlar Kengashi huzuridagi Maxsus shtabning
☎️61 222 45 25
☎️61 222 91 87
telefon raqamiga ertalab soat 09:00 dan kechki 18:00 gacha bog‘lanishingiz mumkin.
❗️Sizning bergan fikr va takliflaringiz orqali sohadagi mavjud muammolarning yechimi bo‘yicha maxsus yo‘l xarita ishlab chiqiladi va ularni bartaraf etish, xalqimizning xohish-istaklarini amalga oshirish choralari ko‘riladi.