Innovatsion texnologiyalar universiteti yangi binosiga tamal toshi qo‘yildi

Yurtimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida yoshlarni har tomonlama bilimli insonlar etib tarbiyalash, ularning ta’lim olishi va kasb-hunar egallashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada, davlat ta’lim muassasalari bilan birga, nodavlat ta’lim maskanlari sonini oshirish, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ham samarali ishlar olib borilmoqda.
Shunday chora-tadbirlarning davomi sifatida Nukus shahrida Innovatsion texnologiyalar universiteti yangi binosining tamal toshi qo‘yildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi M.Atamuratov, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov, Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari B.O‘temuratovlar ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, umumiy qiymati 10 mln. dollarlik o‘quv majmuasida 10 ming talaba tahsil olishi ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, 1000 o‘rinli talabalar yotoqxonasi, sport zali va maxsus maydonchalar, o‘quv-laboratoriya xonalari quriladi hamda talaba-yoshlar uchun barcha qulay sharoitlar yaratiladi.
.jpg)
.jpg)
