Jo‘qorg‘i Kenges Raisi maktab bitiruvchilarini tabrikladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbayev Nukus shahridagi 24-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etdi.
Tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Prezidentimizning maktablarni bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, yoshlarga otalarcha g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelayotgan hurmatli Prezidentimizga, o‘quvchilarni voyaga yetkazib, tarbiyalagan ota-onalariga, ularga bilim bergan o‘qituvchilarga minnatdorlik bildirdi.
Ta’kidlash joizki, joriy yilda ham butun yurtimiz bo‘ylab "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Shunday quvonchli kunda respublikamizdagi 721 ta maktabda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" yangrab, ulardagi 26 mingdan ziyod o‘quvchi-yoshlarimiz qadrdon maktablari bilan xayrlashmoqda.
Albatta, bu bitiruvchi yoshlar orasidan yurtimiz shuhratini dunyoga tanitadigan, ona-Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilib, yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan yoshlar yetishib chiqadi.
Bugungi tadbir davomida so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi.



.jpg)

.jpg)