Jo‘qorg‘i Kenges Raisining o‘rinbosari so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov Nukus shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazilgan so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
Shuningdek, Jo‘qorg‘i Kenges Raisining o‘rinbosari maktab bitiruvchilarini tabrikladi.
Bundan keyin tengdoshlari orasida alohida qobiliyati, bilimi va namunali xulqi bilan ko‘zga tushgan o‘quvchilar, ularning ota-onalari va bilim bergan ustozlariga minnatdorchilik bildirdi.
O‘tkazilgan tadbirda Prezidentimiz tomonidan yurtimizning kelajagi bo‘lgan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va imkoniyatlar ta’kidlab o‘tilib, bu imkoniyatlar asosida ko‘plab yoshlar o‘zining iste’dodini yuzaga chiqarayotganligi va ko‘plab yutuqlarga erishib kelayotganligi so‘z etildi.
Tadbir davomida sunggi qo‘ng‘iroq chalindi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
