Davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi

Yaqinda hurmatli Prezidentimizning «Madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilinib, shu asosda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bir guruh soha vakillari mukofotlandi.
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev farmon asosida taqdirlangan soha xodimlarini tabrikladi va davlat mukofotlarini o‘z egalariga topshirdi.
Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda barcha sohalar qatori madaniyat, san’at va adabiyot sohalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada, maxsus qaror va farmonlar qabul qilinib, shu asosda madaniy hayotimizda muhim o‘rin tutadigan yangilanishlar ro‘y bermoqda.
Tadbir davomida ana shunday ezgu ishlar ta’kidlab o‘tildi va keng imkoniyatlar yaratib bergani uchun soha vakillari hamda butun xalqimiz nomidan hurmatli Prezidentimizga cheksiz minnatdorchilik bildirildi.







