«Yoshlar ovozi» festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Hurmatli Prezidentimiz tomonidan yurtimizning qiz-yigitlarini Qoraqalpog‘istonning turmushi bilan yaqindan tanishtirish hamda ijodkor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilikka keng tanishtirish maqsadida «Bo‘zatov fest» yoshlar festivali tashkil etilgan edi.
Qisqa vaqt ichida «Bo‘zatov fest» Yoshlar ovozi Respublika yoshlar festivali butun O‘zbekiston bo‘yicha yosh iste’dodlarni yuzaga chiqarishda muhim bo‘lgan tadbirlardan biriga aylanib ulgurdi.
Kecha Bo‘zatov tumanida festivalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, yurtimizning ming-minglab yoshlarini o‘zida jamlagan festivalning ochilishi bilan yig‘ilganlarni tabrikladi va barcha ishtirokchilarga omad yor bo‘lishini tiladi.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, Bo‘zatov bugungi kunda yangi iste’dodlarni yuzaga chiqaradigan va yoshlarni birlashtiradigan do‘stlik maskaniga aylanib bormoqda.
Bu yilgi tanlovda ham mamlakatimiz bo‘yicha jami 370 mingga yaqin yoshlar ishtirok etgan bo‘lsa, shundan 160 nafardan ziyod yoshlar Bo‘zatov tumanida bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga yetib keldi. Hech shubhasiz, boshlanayotgan festival iste’dodlarni ro‘yobga chiqarishda, do‘stlik, ahillik va og‘izbirchilikni yanada mustahkamlashda muhim maydon bo‘ladi.
Bugungi ochilish marosimida yurtimizning barcha hududidan ishtirokchilar - o‘z hududlarida tengsiz deb topilgan yosh iste’dod egalari va mehmonlar qatnashdi.
Ochilish marosimi konsert dasturi bilan davom etdi.
.jpg)

.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
