Jo‘qorg‘i Kenges Raisi «Imkon» tashkilotidagi bolalarni bayram munosabati bilan tabrikladi

«1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» bayrami respublikamiz bo‘ylab joylarda keng nishonlanmoqda.
Bugun Nukus shahridagi «Imkon» reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida sana munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbayev ishtirok etib, bu yerda tarbiyalanayotgan bolalarni bayram munosabati bilan tabrikladi.
Aytib o‘tish joizki, bugungi kunda yurtimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida yoshlarning, bolalarning ta’lim olishi, salomatligining mustahkam bo‘lishi, barkamol inson bo‘lib voyaga yetishi uchun ko‘plab ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.
Orolbo‘yi bolalari salomatligini tiklash maqsadida tashkil etilgan «Imkon» markazida bolalarning o‘qib, bilim olishi va ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgani ham ana shu yo‘nalishdagi amaliy ishlardan sanaladi. Ushbu muassasada bugungi kunda tibbiy yordamga muhtoj bolalarni reabilitatsiya qilish yo‘lida tajribali mutaxassislar va pedagog ustozlar tun-u kun fidokorona mehnat qilmoqda.
«Imkon» tashkilotida o‘tkazilgan tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tomonidan bolalarga bayram munosabati bilan sovg‘alar topshirildi.
Bayram tadbiri bolalar ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.
.jpg)


.jpg)