Jo‘qorg‘i Kenges Raisining o‘rinbosari Bolalar milliy tibbiyot markazi Orolbo‘yi klinikasidagi bolalarni bayram munosabati bilan tabrikladi

"1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" bayrami respublikamiz bo‘ylab joylarda keng nishonlanmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov Bolalar milliy tibbiyot markazi Orolbo‘yi klinikasidagi bolalarni bayram munosabati bilan tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, kelajagimiz egalari bo‘lgan bolalarni har tomonlama yetuk, ilg‘or fikrli, ona Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qiladigan barkamol avlod etib voyaga yetkazish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, salomatligini tiklayotgan o‘g‘il-qizlarni ruhan qo‘llab-quvvatlash, ularning qalbida hayotga, kelajakka bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlash muhim ahamiyatga ega.
Tadbir doirasida klinikada davolanayotgan har bir bolaga e’tibor ko‘rsatilib, Jo‘qorg‘i Kenges Raisining o‘rinbosari tomonidan bayram sovg‘alari topshirildi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

