Mustaqilligimizning o‘ttiz besh yilligi arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Zamonaviy sharoitlar va qulay xizmat muhiti har bir xodimning ish samaradorligini oshirishga katta hissa qo‘shadi. Nukus shahri markaziga bezak bo‘lib turgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligining yangi binosi ham soha vakillarini yangi maqsad va yangi marralar sari chorlashga shay holga keltirildi.
Binoning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri general-leytenant Aziz Tashpulatov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbаyev, barcha huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari, faxriylar hamda shaxsiy tarkib ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ichki ishlar organlari tizimini yanada rivojlantirish maqsadida yaratilayotgan sharoitlarning uzviy davomi sifatida bunyod etilgan ushbu bino mustaqilligimizning 35-yilligi arafasida chinakam sovg‘a bo‘lganligi e’tirof etildi.
Shundan so‘ng faxriylar tomonidan ramziy lentalar qirqilib, tadbir ishtirokchilari yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Umumiy olti qavatdan iborat, zamonaviy yechimlar bilan barpo etilgan binoning dastlabki qavatida navbatchilik qismi joylashgan bo‘lib, unda ma’lumot almashinuvi hamda kuch-vositalarni boshqarishda raqamlashtirilgan tizim qo‘llanilmoqda.
Xodimlarning xizmat xonalarida ham barcha qulayliklar yaratilib, zaruriy texnik vositalar bilan to‘liq ta’minlangan.
Tadbir davomida shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun yangi xizmat avtomobillari va zirhlangan texnikalar topshirildi.
Bu kabi bunyodkorliklar, zamonaviy imkoniyatlar, qulay sharoitlar albatta jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, aholi osudaligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan xodimlarning faoliyatida kuch va shijoat bag‘ishlaydi.
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

