Qoraqalpog‘istonda bolalarni Gepatit "A" kasalligiga qarshi emlash uchun 8 milliard so‘m mablag‘ ajratildi

O‘tgan yilning 27-yanvar kuni hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston uchun alohida yana bir muhim bo‘lgan 10-sonli farmoni qabul qilinib, shu asosda mintaqamiz uchun bir qator imtiyozlar berilgan edi.
Ushbu farmon asosida 2025-yilning o‘zida faqat Qoraqalpog‘istonda yashovchi bolalar uchun tegishli mablag‘lar ajratilib, 47 220 doza vaksina sotib olindi va yosh ko‘rsatkichi bo‘yicha kasallanish darajasi yuqori bo‘lgan bolalar orasida gepatit "A" kasalligiga qarshi bepul emlash ishlari amalga oshirildi.
O‘tkazilgan emlash ishlari natijasida aholining virusli gepatit "A" kasalligi bilan kasallanish ko‘rsatkichining 2024-yilga nisbatan 1,6 barobarga, maqsadli guruh bolalari o‘rtasidagi kasallanish holatlarining 3,7 barobarga kamayishiga erishildi.
Berilgan imtiyozlar qatorida joriy yilda kasallikka qarshi emlash ishlarini olib borish uchun byudjetdan yana 8 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.
Jumladan, joriy yil davomida 45 mingdan ortiq maqsadli guruhdagi bolalarni virusli gepatitning "A" turiga qarshi emlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.