Diqqat e’lon!

Xalqimiz, jumladan, yoshlarimiz o‘rtasida kiberjinoyatlarga qarshi kurashish choralarini keng targ‘ib qilish, kiberjinoyatlarning oldini olish, bunday turdagi jinoyatlardan saqlanish, shuningdek, giyohvandlikning og‘ir oqibatlari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish borasida targ‘ibot ishlarini keng yoyish maqsadida: «Giyohvandlikka qarshi kurashish mavzusidagi eng qisqa, mazmunli va ta’sirchan videoroliklar» tanlovi, shuningdek «Kiberjinoyatga qarshi kurashish bo‘yicha eng qisqa, mazmunli va ta’sirchan videoroliklar» tanlovlari o‘tkaziladi.
Tanlov asosida ishtirokchilar qisqa va ta’sirchan video orqali ushbu jinoyatlarning oqibatlari va uning xalqimizga salbiy ta’sirini yetkazishi kerak.
Ishtirokchilar 14-30 yoshdan oshmasligi kerak. Har bir tanlov bo‘yicha g‘oliblar uchun ajratilgan sovg‘alar:
1-o‘rin uchun 20 million;
2-o‘rin uchun 15 million;
3-o‘rin uchun 10 million;
❗️Tanlov bo‘yicha tayyorlangan videomateriallaringizni 10-25-iyun kunlari oralig‘ida @kreativ_mobilograf_bot manziliga yo‘llaysiz.
Kelib tushgan videoroliklar maxsus komissiya a’zolari tomonidan 10 kun ichida ko‘rib chiqiladi va tanlov g‘olibi aniqlanadi.