«Women in tourism-2026» III forumining ochilish marosimi o‘tkazildi

Bugun Nukus shahridagi «Oq qush» majmuasida joylashgan, ko‘p millatli xalqimizning do‘stlik ramziga aylangan «Qora uy»da Markaziy Osiyo tadbirkorlarining turizm sohasidagi «Women in tourism-2026» III forumining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni forum ochilishi munosabati bilan tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda ichki va tashqi turizmni rivojlantirish, yurtimizning sayyohlik salohiyatini oshirish, tadbirkorlar va bu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sohaga investitsiyalarni keng jalb etish va sayyohlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida yurtimizga kelayotgan sayyohlar soni ortib bormoqda.
Bu borada asrlar davomida yaqin qo‘shnichilikda, birga yashab kelgan Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlanib bormoqda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugun Markaziy Osiyo mamlakatlari qatori mintaqamizning ham turizm salohiyati oshib, mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bunda, albatta, tadbirkor ayollarning o‘rni alohida hisoblanadi.
Bugungi xalqaro forum ham ana shunday ezgu ishlarni yangi bosqichga olib chiqib, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida turizm sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, ayniqsa, tadbirkor ayollar o‘rtasida qo‘shma biznes loyihalarini amalga oshirish ishlarida muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.
Ochilishga bag‘ishlangan tadbir forum doirasidagi muloqotlar bilan davom etdi.
.jpg)
.jpg)


.jpg)