G‘oliblar munosib kutib olindi

Yaqinda Samarqand viloyatida kasb-hunar maktablari va umumta’lim maktablari o‘rtasida "Yosh qutqaruvchi - 2026" musobaqasining O‘zbekiston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan ishtirok etgan Nukus shahri 1-sonli texnikumining "Jayhun" jamoasi tengdoshlari orasida alohida tayyorgarligi bilan ajralib turdi va faxrli 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, Nukus shahri 31-sonli umumta’lim maktabi jamoasi ham tengsiz deb topildi.
Bugun Nukus temir yo‘l vokzalida chempionlarimizni kutib olishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov ishtirok etib, g‘olib jamoalar a’zolarini erishgan yuqori natijasi bilan tabrikladi.
Ta’kidlash joizki, ushbu musobaqada respublikamizning turli hududlaridan kelgan jamoalar o‘zaro bellashib, o‘zlarining favqulodda vaziyatlarda qanday tezkorlik bilan harakat qilishlarini ko‘rsatdi.
Chempionlarimiz esa o‘z tengdoshlari orasida eng yuqori natija ko‘rsatib, musobaqa uchun mo‘ljallangan kubokni Nukus shahriga olib keldi.
.jpg)

.jpg)
