"Bo‘zatov fest" yoshlar ovozi festivali ming-minglab yoshlarni o‘zida jamladi

Nukus shahrida "Bo‘zatov fest" yoshlar ovozi festivalining taqdirlash marosimi va gala-konsert dasturi o‘tkazildi.
Festivalda yurtimizning barcha hududidan ishtirokchilar – o‘z hududlarida tengsiz deb topilgan yosh iste’dod egalari va mehmonlar ishtirok etdi.
Taqdirlash marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbayev so‘zga chiqib, festivalda munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan yoshlarni tabrikladi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa’dullayev ishtirok etdi.
Bundan so‘ng, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib deb topilgan, o‘z yo‘nalishlarida tengsiz deb topilganlardan birinchi o‘rin egalariga 50 million so‘m, ikkinchi o‘rinlarga 30 million so‘m, uchinchi o‘rinlarga 20 million so‘m pul mukofoti topshirildi.
Shuningdek, respublika bosqichning boshqa barcha ishtirokchilari 10 million so‘mdan mukofotlandi.
San’at ustalari, taniqli estrada qo‘shiqchilari va yosh ijrochilarning konsert dasturi, salyutlar shousi ishtirokchilar bilan mehmonlarda alohida taassurot qoldirdi.
Bo‘zatov chin ma’noda yangi iste’dodlarni yuzaga chiqardi desak adashmagan bo‘lamiz.
.jpg)
.jpg)
.jpg)


.jpg)
.jpg)

