PFK «Aral» jamoasi Pro Liga o‘yinlarida yetakchilik o‘rnini mustahkamladi
79

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro Liga o‘yinlarining birinchi davra o‘yinlari yakuniga sanoqli turlar qoldi.
Unda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan «Aral» futbol jamoamiz yozgi ta’til oldidan 10-tur yakuni bilan asosiy raqibi bo‘lgan «Sho‘rtan» jamoasini 3 ochko farq bilan ortda qoldirdi. Ayni paytda «Aral» o‘z hisobiga 26 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinda bormoqda.
Ta’kidlash joizki, 11-tur o‘yinlari doirasida jamoamiz «Sho‘rtan»ga qarshi maydonga tushadi. Agar, «Aral» bu o‘yinda g‘alaba qozonsa, asosiy raqibi bilan oradagi farqni 6 ochkoga yetkazadi va Pro Ligadagi yetakchilik o‘rnini yanada mustahkamlaydi.
