E’LON

So‘ngi uch yilda oliy ta’lim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan bilimli va lider yoshlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashiga ochiq tanlov asosida ishga qabul qilishning ikkinchi bosqichi yakunlandi.
Ikkinchi bosqichning natijalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining www.tanlawjk.uz veb-saytida ochilgan shaxsiy kabinetlaringizga kirib, bilishingiz mumkin.
Uchinchi bosqich - tanlov ishtirokchilarining fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini aniqlash maqsadida insho (esse) yozish asosida o‘tkaziladi.
Bunda tanlov ishtirokchilariga 5 ta sohaviy yo‘nalish taqdim etiladi va birini tanlab ona tilida insho (esse) yozadi. Inshoni qo‘shimcha xorijiy tilda yozganlarga ustunlik beriladi.
Insho yozish uchun 2 soat vaqt beriladi. Insho ishini baholashda mavzuga oid dolzarb muammolar hamda ularning yechimlari to‘g‘risida takliflar keltirilganligi yuqori baholanadi. Shuningdek, mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi, misollardan keng foydalanganligi, stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi, o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligiga qo‘shicha baho quyiladi.
Uchinchi bosqich joriy yilning 20-iyun kuni Bilim va malakalarni baholash agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi binosida o‘tkaziladi. (Manzil: Nukus shahri, Taxiatosh guzari ko‘chasi 53/2-uy, Mo‘ljal: Janubiy avtovokzal).
Nomzodlarni ro‘yxatga olish ertalab soat 09-00 da boshlanib soat 09-30 da yakunlanadi. Ishtirokchilardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) talab etiladi.
Ma’lumot uchun telefon 61-222-74-77