«Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» sport musobaqalarining 2-bosqich g‘oliblari taqdirlandi

Nukus shahridagi Yoshlar maydonida «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» sport musobaqalarining 2-bosqichi – «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Olimpiyadasi va Paralimpiadasi»ning taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbayev so‘zga chiqib, g‘oliblikni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston Respublikasi bosqichiga yo‘llanma olgan barcha yoshlarni tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda barcha sohalar qatori jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga, yoshlarni sportga keng jalb etishga, Olimpiya va milliy sport turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» ana shu yo‘nalishdagi ezgu ishlardan sanaladi.
Joriy yilgi musobaqalarning birinchi bosqichida 13 sport turi bo‘yicha 23 mingga yaqin yoshlar ishtirok etgan bo‘lsa, ikkinchi bosqich yakuni bilan 3 mingga yaqin ishtirokchi orasidan 350 nafardan ziyod sportchi-yoshlar «Prezident Olimpiadasi»ga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Eng muhimi, «Prezident olimpiadasi» yoshlar uchun nafaqat bellashuvlar maydoni, balki chinakam sport va do‘stlik bayramiga aylanib ulgurdi.
G‘oliblar munosib rag‘batlantirilib, tadbir san’at va madaniyat xodimlari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.
.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
