Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining o‘n ikkinchi sessiyasi to‘g‘risida

Joriy yilning 15-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining o‘n ikkinchi sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Hukumat a’zolari, Respublika soha rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari ishtirok etdi.
Dastlab O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat madhiyalari yangradi. Sessiyani Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbayev kirish so‘zi bilan ochdi va boshqarib bordi.
Sessiya "Qoraqalpog‘iston" telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda yoritib borildi.
Sessiya kun tartibida dastlab "Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonunining loyihasi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha Jo‘qorg‘i Kengesning Mahalliy hokimiyat vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi Sh.Otemisov ma’ruza qildi.
Kun tartibidagi masala to‘liq ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan qaror qabul qilindi.
Kun tartibidagi keyingi masala "Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida"gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonunining loyihasi haqida bo‘lib, bu masala bo‘yicha Jo‘qorg‘i Kengesning Sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi I.Niyazov ma’ruza qildi.
Bu masala ham batafsil ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan qaror qabul qilindi.
Shundan so‘ng Byudjet daromadlari rejasining ijrosi va soliq qarzdorliklarini kamaytirishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Soliq boshqarmasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Jo‘qorg‘i Kengesning Byudjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar va innovatsiya masalalari qo‘mitasi raisi B.Seytnazarov ma’ruza qildi.
Kun tartibidagi masala to‘liq ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan qaror qabul qilindi.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakilining 2025-yilda amalga oshirgan ishlari haqida bo‘lib, bu masala bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakil J.Shlimbetov ma’ruza qildi.
Bu masala ham batafsil ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan qaror qabul qilindi.
Sessiya davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining 2025-yilda ijrosini tashqi audit va baholashdan o‘tkazishning yakuni to‘g‘risidagi masala bo‘yicha Hisob palatasining bosh inspektori - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashidagi vakili X.Qurbonov ma’ruza qildi.
Bu masala ham batafsil ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan qaror qabul qilindi.
Sessiyada tijorat banklari tomonidan dasturlar doirasida kredit mablag‘lari ajratilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, shuningdek, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ishlar bo‘yicha Markaziy bank Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasiga yuborilgan Parlament so‘rovi natijasi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlash joizki, Jo‘qorg‘i Kengesning o‘tgan to‘qqizinchi sessiyasida ushbu masala bo‘yicha Markaziy bank Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasiga Parlament so‘rovi yuborilgan edi.
Bugungi sessiyada Parlament so‘rovi natijasi bo‘yicha Markaziy bank Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Isakov ma’ruza qildi.
Kun tartibidagi masala ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan qaror qabul qilindi.
Sessiya kun tartibida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi e’tirof etilayotgan fuqarolar ro‘yxatini sessiya qarori bilan tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasining maxsus Qonunini qo‘llab, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi e’tirof etilayotgan 800 nafar fuqaroning ro‘yxati sessiya qarori bilan tasdiqlandi.
Sessiya kun tartibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisining o‘rinbosari - jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisini saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Bu masala bo‘yicha Abibullayev Yelubay Ongarbayevichning nomzodi tavsiya etildi.
Nomzodning nomzodi deputatlar tomonidan ma’qullandi va Ye.Abibullayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisining o‘rinbosari - jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi.
Sessiya majlisining kun tartibidagi keyingi masala Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumining tegishli qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida bo‘lib, bu masala ham batafsil ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan maxsus qaror qabul qilindi.
Shu bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining o‘n ikkinchi sessiyasi o‘z ishini yakunladi.





