“Yangi O‘zbekiston ayollar olimpiadasi”ning respublika bosqichida Qoraqalpog‘iston jamoasi 1-o‘rinni egalladi

Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida “Sport bilan baxtli hayot sari!” shiori ostida “Yangi O‘zbekiston ayollar olimpiadasi”ning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan ishtirokchilar, vazirlik va tashkilotlarning faol xotin-qizlari, sportchi ayollar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Olimpiada bahslari yakuniga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi jamoaviy hisobda birinchi o‘rinni egalladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Yangi O‘zbekiston ayollar olimpiadasi” xotin-qizlarning sportdagi faolligini oshirish, ularning salomatligini mustahkamlash, hududlarda ayollarni ommaviy sportga jalb etish va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan keng qamrovli tashabbus hisoblanadi va respublika miqyosida o‘zida ming-minglab ayollarni jamladi.

.jpg)

.jpg)





