Diqqat, e’lon!

Qoraqalpog‘iston Respublikasida energiya tejamkor, sifatli va arzon narxda elektr isitish qozonlari (kotyollar) ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Energiya tejamkor elektr isitish qozoni" tanlovi o‘tkaziladi.
Ushbu tanlov 18 yoshdan yuqori bo‘lgan tadbirkorlar, startaperlar, talaba yoshlar va fuqarolar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun o‘zingiz haqingizdagi va tadbirkorlik korxonangiz haqidagi ma’lumotlaringizni 17-30-iyun kunlari oralig‘ida maxsus komissiyaning @registraciya2026bot boti orqali jo‘natsangiz bo‘ladi.
Tanlov yakunida ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqilgan va eng yaxshi deb topilgan elektr isitish qozonlari g‘olib deb topilib, moddiy rag‘batlantiriladi.
1-o‘rin uchun - 20 000 000;
2-o‘rin uchun - 10 000 000;
3-o‘rin uchun - 5 000 000.