To‘rtko‘lda “Esar Jayhun shamollari” an’anaviy qo‘shiqchilik tanloviga start berildi

Milliy qo‘shiqchilik san’atini asrab-avaylash, yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda betakror san’atkor Otajon Xudoyshukurov yaratgan maktabni rivojlantirish maqsadida To‘rtko‘l tumanida “Esar Jayhun shamollari” an’anaviy qo‘shiqchilik tanlovi boshlandi.
Tadbirning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi o‘rinbosari R.Nurazizov va taniqli madaniyat xodimlari so‘zga chiqib, ustoz san’atkorlar an’anasini davom ettirish va yangi ovozlarni kashf etishning ahamiyatiga to‘xtaldilar.
Ochilish qismi el suygan xonandalarning kuy va qo‘shiqlari bilan bayram dasturiga aylanib ketdi.
Tanlovda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 60 nafarga yaqin yosh va umidli ijrochilar Otajon Xudoyshukurov repertuaridagi va milliy mumtoz qo‘shiqlarni ijro etib, o‘z mahoratlarini namoyish etmoqdalar.
Tanlov g‘olib va sovrindorlari bugun tumanda yangidan qad rostlagan Otajon Xudoyshukurov nomidagi amfiteatrning tantanali ochilish marosimida munosib taqdirlanadilar.
.jpg)

.jpg)


