To‘rtko‘l tumanida yangi korxona foydalanishga topshirildi

Joriy yilning 19-iyun kuni To‘rtko‘l tumanida sanoatimizni rivojlantirish va iqtisodiyotimizni yanada mustahkamlashda muhim o‘rin tutadigan "Degore-glass T" korxonasining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev qatnashib, yangi korxonaning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.
Yurtimizda hurmatli Prezidentimizning alohida e’tibori bilan keng ko‘lamli yangilanish va o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar natijasida bugun To‘rtko‘l tumanida shisha idishlarni qayta ishlash loyihasi amalga oshirildi. Natijada yiliga 4,5 million dona mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilib, 80 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Albatta, bu korxona yurtimiz iqtisodiyotini mustahkamlash va xalqimiz farovonligi yo‘lida uzoq yillar davomida xizmat qiladi.
Tadbir davomida Jo‘qorg‘i Kenges Raisi korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)
