Yangi Amfiteatrning foydalanishga topshirilishi To‘rtko‘l tumani aholisi uchun bayram tantanasiga aylandi

To‘rtko‘l tumanida yangi amfiteatrning foydalanishga topshirilishi va milliy qo‘shiqchilik san’atimizda o‘chmas iz qoldirgan betakror ovoz egasi Otajon Xudayshukurov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan "Esar Jayhun shamollari" respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni tuman markazida yangidan qad rostlagan muhtasham imoratning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tuman aholisini tabrikladi va tanlov g‘oliblarini taqdirladi.
Ta’kidlash joizki, hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida mashhur xushovoz xonandamiz Otajon Xudoyshukurov nomiga To‘rtko‘l tumanida Amfiteatr qurish bo‘yicha bildirilgan taklif qo‘llab-quvvatlanib, aniq vazifalar belgilab berilgan edi.
Shu asosda 13 milliard so‘m mablag‘ evaziga 2000 o‘rinli Amfiteatr qurilib, foydalanishga topshirildi va tuman aholisining ko‘p yillik orzu-umidlari ro‘yobga chiqdi.
Ahamiyatlisi, bundan buyon tumandagi barcha yirik madaniy tadbirlar va bayram tantanalari shu yerda o‘tkaziladi.
Bugungi o‘tkazilgan ochilish marosimida "Esar Jayhun shamollari" tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazilishi tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Ochilish marosimi san’at va madaniyat xodimlari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)
