«Iqtidor» maktab ansambli tanlovida Qonliko‘l tumani jamoasi g‘oliblar qatoridan joy oldi
52

«Iqtidor» maktab ansambli tanlovining Respublika bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
Tuman-shahar, hududiy bosqichlarda saralangan 14 ta jamoa orasidan eng munosiblari respublika bosqichida ishtirok etdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasidan ishtirok etgan Qonliko‘l tumani 1-sonli umumta’lim maktabi hamda «Kelajak markazi» to‘garagi a’zolari hisoblangan o‘quvchilarning «Nihol» jamoasi faxrli 2-o‘rinni egalladi va kuchli uchlikdan joy oldi.