Nukus shahrida Yoshlar forumining ochilish marosimi o‘tkazildi

Bugun Nukus shahridagi «Oq qush» majmuasida joylashgan, ko‘p millatli xalqimizning do‘stlik ramziga aylangan «Qora uy»da "Hududiy elektr tarmoqlari" jamiyati tashabbusi bilan "Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida o‘tkazilayotgan yoshlar forumining ochilish marosimi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev, "Hududiy elektr tarmoqlari" jamiyati raisi A.Askarov, energetika sohasi tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda yoshlarga bo‘lgan e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib, bu borada keng ko‘lamli chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda yoshlarga bo‘lgan e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib, bu borada keng ko‘lamli chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.
Bugun boshlanayotgan forum ham ana shunday ezgu ishlarning davomi bo‘lib, yoshlar o‘rtasida do‘stlik va og‘izbirchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashda, ularning o‘zaro fikr almashishi, tajriba orttirishi va qobiliyatini yuzaga chiqarishida muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.
Bundan so‘ng maxsus pavilonda mamlakatimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan soha vakillarining hududiy xususiyatlari aks etgan badiiy chiqishlari tomosha qilindi.


.jpg)
.jpg)