Kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Bugun Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi binosida kimyo sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda dastlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev hurmatli Prezidentimizning alohida e’tibori bilan Qoraqalpog‘iston uchun maxsus qabul qilingan qaror va farmonlar asosida tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilgan imkoniyatlar haqida keng turda ta’kidlab o‘tdi.
Shu bilan birga, sanoatimizni rivojlantirishga yanada yangicha sur’at kiritish borasida tadbirkorlarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Har bir ko‘tarilgan masala Jo‘qorg‘i Kenges Raisining shaxsiy nazoratiga olinib, aniq choralarni ko‘rish va tadbirkorlarning barcha muammolariga albatta, ijobiy yechim topish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
