Chorvachilik tarmog‘idagi xo‘jaliklar va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev chorvachilik tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari va tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Unda dastlab Jo‘qorg‘i Kenges Raisi hurmatli Prezidentimiz rahbarligida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan qishloq xo‘jaligi va chorvachilikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor va yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida keng ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan qaror va farmonlar asosida berilgan imtiyozlar, ulardan foydalanish imkoniyatlari masalalariga ham e’tibor qaratildi.
O‘tkazilgan uchrashuv davomida chorvachilikni, shu jumladan parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish yo‘nalishida fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Shu bilan birga, xalqimiz dasturxoniga arzon shu bilan birga sifatli go‘sht, sut va parrandachilik mahsulotlarini yetkazib berish juda muhim ekanligi alohida ta’kidlandi.
Bundan tashqari, tarmoqni rivojlantirish borasida xo‘jalik rahbarlarining hali yechimini kutayotgan masalalar belgilab olindi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
