Muay-taychilarimiz Jahon chempionatida g‘oliblar safidan joy oldi
60

Malayziyada sportning Muay-tay turi bo‘yicha U-12, U-14 va U-18 yoshdagi o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida A.To‘rabayev, A.Saburov va S.Azamatovlar barcha raqiblaridan ustun kelib, 1-o‘rinni egalladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, ushbu chempionatda S.Rahmatullayev va D.Madrimova 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, J.Asqarov, K.Aytbayev va A.Abdullayevlar faxrli 3-o‘rinni egalladi va terma jamoamiz hisobiga o‘z medallarini yozib qo‘ydi.
.jpg)
