Invest Day doirasida 3 ta startap uchun 140 000 AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi

Ko‘p millatli xalqimizning do‘stlik ramziga aylangan, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Qora uyda Invest Day - "Yoshlar va investorlar uchrashuvi" o‘tkazildi.
Invest Day doirasida 3 ta startap umumiy qiymati 140 000 AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb qildi.
Shundan, Daulet Urumbayev tomonidan taklif etilgan kichik va o‘rta biznes uchun ishlab chiqilgan FinTech startapi uchun 90 ming AQSH dollari, Tөrebek Maxsetov tomonidan taklif etilgan LegalTech startapi uchun 20 ming AQSH dollari, Sultanbek Keңesbayev tomonidan taklif etilgan sun’iy intellekt texnologiyalari bilan bog‘liq GIFRS startapi uchun 30 ming AQSH dollari miqdoridagi investitsiya jalb etildi.
Bu Qoraqalpog‘istonda startap ekotizimini rivojlantirish yo‘lidagi muhim natija hisoblanadi.
Invest Day startap guruhlari uchun o‘z loyihalarini investorlarga taqdim etish, foydali fikr-mulohazalar olish va keyingi rivojlanish uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni jalb qilish imkoniyatini yaratdi.
.jpg)
.jpg)
