Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga

Qadrli do‘stlar!
Avvalo, sizlarni 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklaymiz.
Jamiyatimizda demokratik qadriyatlarni qaror toptirish, fuqarolarimizning axborot sohasidagi konstitutsion huquqlarini ta’minlash, dunyoda va mamlakatimizda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor va haqqoniy ma’lumotlarni yetkazishda siz, ommaviy axborot vositalari xodimlarining fidokorona mehnatingizni xalqimiz yaxshi biladi va qadrlaydi.
Sizlarning mehnatlaringiz tufayli mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xalqimiz hayotiga yaqin bo‘lib, yurtimizning yangi demokratik qiyofasini shakllantirishda g‘oyat muhim o‘rin tutmoqda.
Biz jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashda, hayot va kasb tajribangizni yoshlarga o‘rgatib, zamonaviy fikrlaydigan, Vatan va xalqimiz manfaatini muqaddas deb biladigan sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda sizlarning mehnatingizga tayanamiz.
Sizlarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, mashaqqatli mehnatingizda doimo muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Amanbay Orınbaev
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi