Bitiruvchi yoshlarga tantanali ravishda medallar topshirildi

Bugun Qoraqalpog‘iston san’at saroyida respublikamizdagi maktablarda barcha fanlardan a’lo baholarda o‘qib, yakunlovchi imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchi yoshlarimizga oltin va kumush medallarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev so‘zga chiqib, barcha bitiruvchi yoshlarni qo‘lga kiritgan muvaffaqiyati bilan tabrikladi.
Bugungi kunda yoshlarni ilimli-bilimli, jismoniy tomondan sog‘lom insonlar etib tarbiyalash va kamolga keltirish – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.
Shuning uchun ham, yurtimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga va ularni munosib taqdirlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘z navbatida, ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor natijasida ular orasidan ko‘plab iste’dodli, yurtimizni dunyoga tanitadigan yoshlar yetishib chiqmoqda.
Tantanali tadbir davomida bitiruvchilarga bag‘ishlangan medallar Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tomonidan topshirildi.
Tadbir davomida san’at va madaniyat xodimlari ijrosidagi konsert dasturi yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)
