Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlandi

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida "27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" munosabati bilan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev so‘zga chiqib, bugungi bayram munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, soha fidoyilarini munosib rag‘batlantirish, aholiga xolis va ishonchli axborotlarni yetkazish, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar va yangilanishlarni, ayniqsa "Inson qadri uchun" g‘oyasi ostida qilinayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazish, xalqimiz hayotida uchrayotgan masala va muammolarni o‘rganish, ularga ijobiy yechim topish yo‘lida soha xodimlari tomonidan olib borilayotgan bunyodkorlik mehnati yuqori baholanadi.
Ijodkorlarning kasb bayrami munosabati bilan matbuot va ommaviy axborot vositalari sohasi xodimlariga «Ibratli hayal», «O‘atan pidayisi» va «Үmit ushqini» ko‘krak nishonlari va sovg‘alar topshirildi.
Bayram tadbiri madaniyat va san’at xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi va bayram dasturxoni yozildi.

.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)