Qoraqalpog‘istonda g‘alladan mo‘l xirmon yaratildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2026-yil hosili uchun 2 091 fermer xo‘jaligi tomonidan 53 000 gektar maydonda boshoqli don ekinlari yetishtirildi.
Fermer va dehqonlarning fidokorona mehnati natijasida joriy yil hosili uchun 124 900 tonna g‘alla hosili yig‘ildi.
Bu natija davlatimiz rahbari tomonidan sohani rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, fermerlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish borasida olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijasidir.
Erishilgan yutuqda g‘allakor fermerlarning mashaqqatli mehnati, agronomlar, mexanizatorlar, soha mutaxassislari hamda yig‘im-terim jarayonida faol ishtirok etgan barcha xodimlarning munosib hissasi bor.
G‘alladan mo‘l hosil olishdagi mehnat g‘alabasi uchun fidoyi dehqonlarimiz, barcha soha xodimlarini tabriklaymiz.