Yoshlar bayramida bir guruh faollar taqdirlandi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlari bilan uchrashuvi o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan, shu jumladan Qoraqalpog‘istondan videoaloqa orqali yoshlar ishtirok etdi.
O‘tkazilgan uchrashuv oldidan dastlab fan, texnologiya, madaniyat, san’at, sport, tadbirkorlik va boshqa sohalarda tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev so‘zga chiqib, hurmatli Prezidentimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan alohida e’tibor va ko‘rsatilayotgan otalarcha g‘amxo‘rligi haqida keng turda ta’kidlab o‘tdi.
Bundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qarori bilan bir guruh faol yoshlarga «Үmit ushqini» ko‘krak nishonlari topshirildi.

.jpg)
.jpg)

.jpg)

