Prezident innovatsion loyihalar bilan tanishdi

Nukus texnika universitetiga Prezident sovg‘asi - avtomobil topshirildi.
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan Olimpiya shaharchasida tashkil etilgan maxsus ko‘rgazmada mamlakatimizning faol yoshlari tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalar bilan tanishdi.
Ko‘rgazma doirasida Nukus davlat texnika universiteti talabalari tomonidan «Shell Eco-marathon» xalqaro musobaqasi uchun ishlab chiqilgan «Aral Drive» loyihasi universitetning «Iqtisodiyot va telekommunikatsiya injiniringi» fakulteti «Iqtisodiyot» yo‘nalishi 2-kurs talabasi Asanova Ayzada tomonidan Prezidentimizga taqdim etildi.
Mazkur loyiha universitet talabalari jamoasining muhandislik va innovatsiyalar sohasidagi salohiyatini namoyon etuvchi ishlanmalardan biri sifatida e’tibor qozondi.
❗️Quvonarlisi, ushbu innovatsion loyiha munosib baholanib, Prezident sovg‘asi Volkswagen avtomashina topshirildi.
.jpg)
.jpg)