O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi mudirining o‘rinbosari tayinlandi

Bugun Vazirlar Kengashining majlislar zalida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va aholini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish masalalariga bag‘ishlangan majlis o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi boshlig‘i F.Omonov ishtirok etdi.
Majlisda dastlab, tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Allabergenova Nilufar Reimbayevna - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi mudirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
N.Allabergenova tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokurorining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta yordamchisi lavozimida ishlab kelgan.
Majlis davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

.jpg)