Joylarda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi tomonidan Taxiatosh va Xo‘jayli tumanlarida fuqarolar murojaatlariga ijobiy yechim topish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov ishtirok etdi.
Tanishuv jarayonida so‘nggi 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, sohalar kesimida kelib tushgan murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ko‘p murojaat qilgan fuqarolar bo‘yicha batafsil qayta o‘rganib, ularning muammolarini hal etishda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Shu bilan birga, joylardagi muammolarni hal etish borasida fuqarolar uchun qabullarni muntazam ravishda o‘tkazish, bildirilgan murojaatlarning o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.


.jpg)
