Nukus shahri uchun 32 dona avtobus olib kelinmoqda

Yurtimizda barcha sohalar qatori transport sohasida ham ko‘plab yangilanish va o‘zgarishlar amalga oshirilib, xalqimizga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Nukus shahrida aholiga sifatli jamoat transporti xizmatini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, harakat tarkibini yangilash, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida "FAYZ AVANGARD" MCHJ tomonidan 32 dona avtobus olib kelinmoqda.
Aytib o‘tish joizki, hurmatli Prezidentimizning jamoat transporti xizmatini rivojlantirish borasida qabul qilingan qarorlari bilan "Brutto-shartnomasi," ya’ni, "bosib o‘tilgan yo‘l" va "sifat" mezoni asosida yo‘lovchi tashish xizmatini tashkil etish belgilangan. Shu asosda, bu avtobuslar Nukus shahri ichidagi yo‘nalishlarga brutto-shartnoma bilan joylashtiriladi.