Tadbirkorlarning fikr va takliflari tinglanmoqda
.jpg)
Hurmatli Prezidentimizning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishlari barcha joylarda davom ettirilmoqda.
Ana shu yo‘nalishdagi tadbirlarning davomi sifatida, ko‘p millatli xalqimiz do‘stlik ramziga aylangan, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Qora uyda tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi raisi A.Mavlonov ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda yurtimizda hurmatli Prezidentimizning alohida e’tibori bilan Qoraqalpog‘iston uchun maxsus qabul qilingan qaror va farmonlar asosida tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli imkoniyatlar yaratib berilgan.
Bugungi uchrashuvda ham ana shunday ezgu ishlar haqida ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbirkorlarning o‘z biznesini yanada rivojlantirish uchun yana qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr-takliflari va muammolari tinglandi.

.jpg)
.jpg)
