Oqto‘be shahrida Qoraqalpog‘iston savdo uyi ochildi
175

Hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga bo‘lgan alohida e’tibori natijasida yurtimiz iqtisodiyoti yanada mustahkamlanib, eksport salohiyati oshib bormoqda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Qozog‘iston Respublikasining Aqtau shahrida Qoraqalpog‘istonda yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish maqsadida maxsus savdo uyi ochilgan edi.
Yaqinda Oqto‘be viloyati Oqto‘be shahri "Tabis Alani" ulgurji savdo bozori hududida yana bir Qoraqalpog‘iston savdo uyi ochildi.
Bu yerda yurtimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Savdo uyida maxsus savdo rastalari, muzlatkichli omborxonalar, qulay infratuzilma yaratilgan.