32 ta yangi avtobus Nukus shahriga olib kelindi
193

Yurtimizda barcha sohalar qatori transport sohasida ham ko‘plab yangilanish va o‘zgarishlar amalga oshirilib, xalqimizga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ana shunday chora-tadbirlar qatorida Nukus shahrida aholiga sifatli jamoat transporti xizmatini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, harakat tarkibini yangilash, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida «FAYZ AVANGARD» MCHJ tomonidan 32 dona avtobus olib kelindi.
Albatta, yangi transportlar xalqimizga sifatli transport xizmatini taqdim etish va ularning uzog‘ini yaqin qilish yo‘lida xizmat qiladi.

.jpg)