Qoraqalpog‘istonga yangi transformator punktlari olib kelindi

Bugungi kunda respublikamizda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, joriy yilda maxsus dasturlar doirasida Qoraqalpog‘istonda jami 818,4 km 0,4-10 kV elektr uzatish tarmoqlari, 219 dona transformator punktlari, 7 dona yacheyka hamda 8 dona taqsimlash punktlarini (RP) rekonstruksiya va modernizatsiyalash ishlarini olib borish rejalashtirilgan. Shundan, bugungi kunga qadar amalda 212,8 km elektr uzatish tarmoqlari va 23 dona transformator punktlari o‘rnatilib, qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar qatorida davlatimiz rahbarining maxsus topshirig‘iga asosan 459-sonli Prezident qarori va Vazirlar Mahkamasining 53-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-2029-yillar oralig‘ida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida Jahon bankining 50 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari hisobidan past kuchlanishli 0,4-110 kV tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.
Ushbu loyiha doirasida 2026-yili 102,2 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘ hisobidan Qoraqalpog‘istonda 462,5 km elektr uzatish tarmoqlari, 8 dona taqsimlash punktlari (RP), 6 dona yacheyka va 118 dona transformator yangidan o‘rnatilishi belgilangan. Bugungi kunda obyektlarning loyiha-smeta ishlari yakunlanib, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun zarur materiallar to‘planmoqda.
Bugun ushbu loyihadagi ishlar doirasida 8 dona transformator punktlari Qoraqalpog‘istonga olib kelindi. Yana 110 ta transformator olib kelinadi.
.jpg)
